«Everton» klubi «Nyukasl» hujumchisi Allan Sen-Maksimen transferi borasida ish olib bormoqda. «Everton»ning yangi tayinlangan murabbiyi Rafael Benitez hujumdagi mahsuldorlikni oshirmoqchi. Biroq Sen-Meksimen uchun so'ralayotgan qiymat baland.

Klub hujumchisi uchun 50 million funt narx qo'ygan. «Everton» esa maksimum 40 million funt taklif etishini ma'lum qilgan. Hozirda tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manba: caughtoffside.com