"Everton" klubi rahbarlari yaqinda "Tottenxem"ga ko'chib o'tgan braziliyalik hujumchi Risharlisonning o'rniga yangi futbolchi tanlashga qaror qilishdi.

The Telegraph xabariga ko'ra, "Everton" jamoasi "Chelsi" bilan o'tgan mavsumda "Sautgempton"da ijara asosida o'ynagan albaniyalik yosh hujumchi Armando Broya transferi bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Transfermarkt  portali 20 yoshli albaniyalik futbolchining narxini 22 million evroga baholamoqda.

O'tgan mavsumda Armando Broya "avliyolar" safida Premer-ligada 32 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan.