"Everton" o'z hujumchisi uchun 4 million funt so'ramoqda

"Everton" futbolchisi Chempionshipga yo'l olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Sanderlend" mersisaydliklar hujumchisi Tom Kennonga qiziqish bildirmoqda.
21 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Preston" klubida o'tkazgan edi. Ayni damda u 4 million funtga baholanmoqda. Kennon uchun "Luton Taun" ham qiziqish bildirgan.
Manba: newsnow.co.uk