"Everton"ga kerak bo'lmagan futbolchi "Vest Xem"ga zarur

"Vest Xem" himoyachi sotib olmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "Everton" futbolchisi Maykl Kin "bolg'achilar" radarida turibdi. Devid Moyes jamoani himoyaviy qobiliyatini mustahkamlab olmoqchi.
Ayni damda londonliklar turnir jadvalida xavfli hududdan atigi 1 ochko farq bilan turibdi. Maykl Kin esa jamoaga yordam bera oladi. 30 yoshli himoyachi bu mavsumda jami 3 ta bahsda maydonga tushgan.
Manba: goal.com