"Everton" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin "Manchester Yunayted"ning yangi mavsum rejalariga kiritilgan, deb xabar beradi The Sun.

"Manchester Yunayted" ushbu yozda 24 yoshli hujumchini sotib olishni rejalashtirmoqda.

O'tgan mavsumda Kalvert-Lyuin "Everton" tarkibida 40 uchrashuvda 21 ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.