"Everton" tez orada hujumchi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Suonsi Siti" futbolchisi Yoel Piru mersisaydliklar radarida turibdi. 24 yoshli niderlandiyalik hujumchi jamoasidagi eng asosiy yulduzlardan biridir.

U o'tgan mavsumda 45 ta o'yinda 20 ta golga mualliflik qilgan edi. Piruning amaldagi bitimi 2024 yilda tugaydi.

Manba: newsnow.co.uk