"Everton" A Seriyadan hujumchi olib kelmoqchi

"Udineze" hujumchisi Betu joriy transfer oynasi tugaguniga qadar "Everton"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, Liverpulliklar "Udineze" futbolchisi uchun 25-26 million evro taklif qilishga tayyor. "Everton" 25 yoshli hujumchini shu yilning yanvar oyidan beri kuzatib kelmoqda.
Qayd etilishicha, portugaliyalik hujumchining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli 35 million evroni tashkil qiladi.
2022/2023-yilgi mavsumda Betu “Udineze” safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.