"Everton" hujumchi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Salernitana" futbolchisi Bulaye Dia mersisaydi jamoasi radariga tushgan. Dia 2022 yilning avgust oyida "Vilyarreal"dan olib kelingan edi.

Jamoa u uchun 12 million evro to'laydi. O'tgan mavsumda Senegal terma jamoasi a'zosi 33 ta o'yinda 16 ta golga mualliflik qilgan edi.

Manba: teamtalk.com