Jurnalist Nikolas Skiraning ma'lum qilishicha, Mario Balotelliga yuqori ligaga chiqqan Turkiyaning «Adana Demirspor» klubi tomonidan taklif tushgan.

Turkiya jamoasi Balotelliga 2 + 1 shartnoma va 2 million evro maosh taklif qilmoqda. Aytib o'tish joiz "Adana" prezidenti italiyalik hujumchining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. 

Eslatib o'tamiz, ayni damda Mario erkin agent bo'lib turibdi. U o'ynagan so'nggi jamoa esa "Monza" klubidir.