Errera «A» Seriyaga ko'chib o'tadi

Porugaliyaning “Portu” klubi yarim himoyachisi Ektor Errera yozda jamoasini o'zgartiradi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, yozda futbolchi erkin agentga aylanadi. Portugaliyada u 6 mavsumni o'tkazdi. Futbolchini “Roma” va “Milan” klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchiga “Inter” qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.