Erik ten Xag uni arablar changaliga tashlab qo'ymoqchi emas

"Manchester Yunayted" yulduzi Brunu Fernandesh ham saudiyaliklar radariga tushdi. Xabarlarga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi a'zosi uchun arablar "dahshatli" taklif bilan chiqqan. Ammo Fernandesh barcha takliflarni rad etgan.
U "MYu"da davom etishni istaydi. "Qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag jamoaning bo'lajak sardorini qo'yib yuborishni istamaydi. Fernandesh "MYu"ning to'g'ri yo'lga tushib olganiga ishonmoqda.
Manba: teamtalk.com