Erik ten Xag bu borada ortiq kutishni istamaydi

"Manchester Yunayted"ning ishongan futbolchilaridan biri jamoani tark etishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag Jeydon Sancho kelajagini jamoada ko'rmayapti.
Yozda u sotib yuborilishi mumkin. Sancho uchun ijara varianti ham mavjud. 23 yoshli hujumchi o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarish uchun doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak.
Manba: caughtoffside.com