Emeri "Roma" hujumchisini o'z jamoasida ko'rmoqchi

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri hujumchi Temmi Abraxamni o'z jamoasida ko'rishni istaydi.
Football Insider xabariga ko'ra, Birmingem qishki transfer oynasida kelishuvni yakunlashga harakat qilishi mumkin.
Aytish joizki, Abraxam 2023/2024 yilgi mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmadi - u tizzasidagi og'ir jarohatidan forig' bo'lmoqda. Ammo Emeri 26 yoshli futbolchini juda qadrlaydi.
2018-2019 yillarda Temmi Abraxam allaqachon "Aston Villa"da o'ynagan. O'shanda Birmingem jamoasi forvardni “Chelsi”dan ijaraga oldi.