Edison yangi klubi bilan shartnoma imzoladi

“Monarkas Morelii” yarim himoyachisi Edison Flores faoliyatini rasman “Di Si Yunayted” safida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Perulik futbolchi yangi jamoasida 10-raqamda to'p suradi. Avvalroq, futbolchining xizmatiga Moskvaning “Lokomotiv” klubi qiziqish bildirilayotganligi haqida xabar tarqalgan edi.