"Nyukasl Yunayted" yarim himoyasida o'zgarish bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, Eddi Xau APLning navbatdagi turida Sandro Tonalidan foydalana olmaydi. Italiya terma jamoasi a'zosi jarohat olgan.

Shu sabab u ayni damda terma jamoadan ajralib, Milandagi uyiga ketgan. Uning o'rni Shon Longstaff bilan to'ldirilishi kutilmoqda. Xau Tonalini EChL doirasidagi "Milan"ga qarshi bahsga qadar qaytishiga umid bildirgan.

Manba: caughtoffside.com