Eddi Xau Gordondan katta narsalarni kutadi

"Nyukasl" ustozi undan ko'p narsa kutmoqda. Xabarlarga ko'ra, Eddi Xau jamoa hujumchisi Entoni Gordonni haqiqiy to'purarga aylantirish niyatida.
22 yoshli futbolchi Angliya yoshlar terma jamoasi bilan chempionga aylangan edi. U yanvar oyida 45 million funt evaziga "Everton"dan xarid qilingan. Gordon "qarg'alar" safida yarim mavsumda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Manba: newsnow.co.uk