Yarim himoyachi Nikolo Dzanolo qishki transfer oynasida "Roma"ni tark etishi mumkin. So'nggi paytlarda 23 yoshli futbolchini "Galatasaroy" bilan bog'lash haqida mish-mishlar faol tarqalmoqda.

Shuningdek, Dzanologa Turkiyaning yana bir top-klubi - "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka di Martsio ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, "Roma" Nikolo Dzanoloni ijaraga emas, sotishga qiziqmoqda.

Aytish joizki, Turkiyada transfer oynasi 8 fevral kuni yopiladi, ya'ni klublarda hali vaqt bor.

Transfermarkt portali ekspertlari Nikolo Dzanoloni 30 million evroga baholamoqda.