Dubl ham yordam bermadi. "Barsa" baribir Breytveytni sotadi

"Barselona" hujumchisi Martin Braytveyt baribir Kataloniya klubini tark etishi mumkin. "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda dubl qayd etib, sherigiga assistentlik qilganiga qaramay kataloniyaliklar daniyalikka ishonch bildirmyapti . Ispan
matbuoti xabariga ko'ra, "Barsa" daniyalikning o'rnini bosa oladigan ikkita nomzodni tanlab oldi.
Agar Breytveyt ketsa, kataloniyaliklar "Arsenal"ning ikki hujumchisidan birini - Per -Emerik Obameyang yoki Aleksandr Lyakazettni transfer qilish haqida o'ylab ko'rishadi.