Germaniya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "PSJ"ning hujumkor yarim himoyachisi Yulian Draksler yanvar oyida jamoasini o'zgartirmaydi.

Futbolchini jamoada tutgan o'rni qoniqtirmayapti, shu sababli u Frantsiyaning amaldagi chempioni bilan 2021 yilning yozida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmayapti.

27 yoshli Draksler yangi jamoasining nomini mart oyida ma'lum qiladi va yozda erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.