Donni van de Bekning «MYu»dagi shartnomasi ma'lum bo'ldi

"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek "Manchester Yunayted" safiga o'tgach, qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi.
Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi "qizil iblislar" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi hamda 6 million evro yillik maosh oladi.
Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik futbolchi "MYu" uchun tibbiy ko'rikdan o'tishga ulgurdi. Yaqin kunlarda uning transferi rasman e'lon qilinadi.