Donnarumma «Milan»ni tark etishga yaqin

“Milan” darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoani tark etadi. Bu haqida Football Italia nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, “rossonerilar” chempionlar ligasiga chiqa olmagach darvozabonni sotishga majbur bo'lgan. Moliyaviy fey-play tufayli “rossonerilar” etakchilarini sotishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli Donnarumma 39ta o'yinda 32ta gol o'tkazgan. Uning transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.