Donnarumma dushanba kuni «PSJ» safida tibbiy ko'rikdan o'tadi

«Milan» bilan shartnomasi yakuniga etgan darvozabon Janluidji Donnarumma yaqin kunlarda «PSJ» a'zosiga aylanadi.
Jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatishicha, 22 yoshli futbolchi dushanba kuni Florentsiya shahrida "Pari Sen-Jermen" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Tomonlar 5 yillik shartnoma borasida o'zaro kelishuvga erishishdi.
Donnarumma ayni paytda Italiya terma jamoasi bilan Evro-2020da ishtirok etmoqda.