Donnarumma "Barsa" o'tishi yaqin turibdi

"Barselona" Italiya darvozaboni Janluiji Donnarummaning transferini ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, kataloniyaliklar 22 yoshli futbolchi uchun kurashda "Yuventus" va "PSJ"ni ortda qoldirishmoqda.
26-may kuni "Milan" direktori Paolo Maldini Donnarumma mavsum oxirida erkin agent sifatida ketishini ma'lum qilgandi.
2020/21 yilgi mavsumda 22 yoshli italiyalik darvozabon "Milan" tarkibida 48 o'yin o'tkazgan va 54ta gol o'tkazib yuborgan.