"Roma" hujumchisi Paulo Dibala Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Jurnalist Santi Una xabariga ko'ra, argentinalik forvard "Al-Qodisiya" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Kelishilgan muddat ichida hujumchi 45 million evro ishlab olishi kerak.

Qayd etilishicha, "Al-Qodisiya" tez orada Dibalaning "Roma" bilan shartnomasidagi tovon puli miqdorini faollashtiradi. Saudiya Arabistoni jamoasi argentinalik futbolchi uchun 12 million evro to'laydi.

O'tgan Italiya chempionatida hujumchi 13 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 30 yoshli Paulo ham avvalroq Turinning "Yuventus" jamoasida o'ynagan.