Italiyalik hujumchi Belottining "Roma"ga kelishi va Klyuyvertning "Fulxem"ga transferi amalga oshmagani Eldor Shomurodovni Rimni tark etishini oydinlashtirib qo'ydi. Bu haqda italiyalik insayder Janluka Di Martsio o'z saytida yozmoqda.

Hamyurtimizga Italiya A Seriyasining "Montsa" va "Torino" klublari qiziqish bildirmoqda. Bulardan tashqari, "Bolonya" haligacha Shomurodovning transferidan umidini uzmagan.

Shomurodov "Roma" barcha musobaqalarda 40 o'yinda 5 gol urda va 6 golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, jamoasi bilan Konferentsiyalar Ligasida g'olib chiqdi.

Manba: https://gianlucadimarzio.com/it/shomurodov-monza-torino-bologna-roma-calciomercato-news-30-agosto-2022