Devisning kelishi "Real" himoyachisining ketishiga sabab bo'lishi mumkin

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni sotib olishga umid qilmoqda. Bunday transfer Fran Garsiyaning istiqboliga putur etkazadi va ehtimol u Madrid klubini tark etadi.
Fran "Borussiya"ga o'tishi mumkin. TodoFichajes nashrining xabar berishicha, Dortmund klubi yozda 24 yoshli himoyachini sotib olmoqchi.
Fran Garsiya - "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida himoyachi “Rayo Valekano"da o'ynagan. Fran Ispaniyadan tashqarida hali o'ynamagan.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali Fran Garsiyani 15 million evroga baholamoqda.