Hujumchi Memfis Depay sobiq jamoasidan taklif oldi.

TodoFichajes portaliga ko'ra, PSV forvardni ortga qaytarmoqchi. Shu bilan birga, 30 yoshli futbolchi hali kelajagi haqida o'ylamagani ta'kidlangan – Depay bor e'tiborini 2024 yilgi Evropa chempionatiga qaratgan.

Musobaqadan so'ng Memfis o'z imkoniyatlarini baholab, bir qarorga kelishni rejalashtirmoqda. Forvard Saudiya Arabistoniga o'tish variantini istisno etmayapti.

2023/2024 yilgi mavsumda Memfis Depay "Atletiko" safida 31 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Depayni 12 million evroga baholamoqda.