"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele "PSJ"ga o'tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi Parij klubi bilan kelishib olgan. Tomonlar besh yilga uzoq muddatli shartnoma tuzishga kelishib oldilar. Liga 1 chempioni Usmonning transferi uchun taxminan 50 million evro to'laydi.

Dembele 2017 yilning avgustidan beri "ko'k-anoranglilar" safida o'ynab kelmoqda. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati 2024 yilning yozida tugaydi.

Usmon o'tgan mavsumda La Ligada 25 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.