Kataloniya klubining futbolchisi Usman Dembele o'zining klubdagi kelajagidan shubhalanmoqda.

"Sport" nashrining ma'lum qilishicha, klubi Dembelega yangi shartnoma borasida ikki hafta oldin taklif yuborgan, ammo u hali javob qaytargani yo'q.

Agar, 23 yoshli futbolchi ushbu taklifni qabul qilmasa "ko'k-anorranglilar"ni tekinga tark etishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, frantsuz futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.