Dembele «Barselona»ni tark etmoqchi emas

«Manchester Yunayted» Dortmundning «Borussiya» klubi bilan yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning transferi borasida kelishuvga erisha olmasa, e'tiborini «Barselona» hujumchisi Usmon Dembelega qaratadi.
Ammo 23 yoshli Dembele "ko'k-anorranglilar" safini tark etmoqchi emas. U "Barsa" safida muvaffaqiyatga erishishiga ishonmoqda. Shuning uchun frantsiyalik futbolchining «Old Trafford»ga ko'chib o'tishi hozircha imkonsiz.