De Xea hamon "Nyukasl"ga o'tishdan umidini uzgani yo'q

"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni David de Xea "Nyukasl" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Daily Express nashri xabariga ko'ra, darvozabon "Nyukasl"ga o'tishni istamoqda. Potentsial kelishuv yanvar oyida yopilishi kutilmoqda. Klub rahbariyati ham tajribali posbon bilan shartnoma tuzishdan manfaatdor.
33 yoshli darvozabon o'tgan yozda "Manchester Yunayted"ni tark etganidan so'ng erkin agent hisoblanadi.