“Barselona” “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olishi mumkin.

Biroq, ushbu transfer Samyuel Umtitining holatiga bog'liq. Frantsiyalik futbolchi hozirda chap tizzasidagi og'riqlardan aziyat chekmoqda.

Agarda, Umtiti operatsiya qilinsa “ko'k-anorranglilar” De Ligtni transferi borasida muzokaralarni boshlaydi. Umtiti operatsiya qilingandan so'ng safga qaytishiga kamida  4-5 oy kerak bo'ladi.

Klub Jeyson Muriloni “Valensiya”dan sotib olmaydi va Tomas Vermalen bilan yang shartnoma imzolamaydi.

“Ayaks” De Ligt uchun 75 mln evro talab qilmoqda.