De Ligt "MYu"ning katta miqdordagi maosh taklifini rad etdi

AS xabariga ko'ra, "Ayaks"ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Matteys de Ligt "Manchester Yunayted"klubiga o'tishdan bosh tortdi.
Manchesterliklar futbolchiga haftasiga 250 ming funt maosh taklif qildilar, ammo u "Barselona"ga o'tish istagida.
"Yuventus" taklifi ham xuddi shunday rad etilgan. De Ligt transferi uchun taxminan 75-80 mln evro to'lash lozim bo'ladi.