David Luis Balotellining jamoadoshiga aylandi

«Arsenal», «Chelsi» va PSJ klublarining sobiq himoyachisi David Luis faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradigan bo'ldi.
Mavsum debyutanti hisoblangan «Adana Demirspor» klubi 34 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Fanatik.com.tr sayti xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq «Adana Demirspor» klubi italiyalik mashhur hujumchi Mario Balotelli bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi.
David Luis o'tgan mavsum APLda jami 20ta o'yinda maydonga tushgan va 1ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Manba: interfutbol.uz