PSJ klubining sobiq himoyachisi Dani Alves Instagramda qo'ygan postidan so'ng uni San-Marinoning “Tre-Fiori” jamoasi taklif qildi.

“Hey, Dani! Biz seni rezyumengni ko'rdik, yomon emas! Biz “Tre-Fiori”miz. San-Marinoning eng sovrindor jamoalaridan birimiz.

Sovrin yutishni istasang bizning safimizga qo'shil! Biz seni jon deb kutib olamiz. Bu erda yaxshi futbol va mazzali oziq-ovqat seni kutmoqda. Dani Alves nima deysan? Bizning natijamiz seni qoniqtiradimi?”, - deydi San-Marino jamoasi.