Hujumchi Erik Chupo-Moting qishki transfer oynasida "Bavariya"ni tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar bermoqda.

Shu bilan birga, "Bavariya" futbolchini mavsum oxirigacha o'zida saqlab qolmoqchi ekanligi qayd etilgan. Qolaversa, Chupo-Moting Myunxendagi jamoadoshlariga yoqadi. 34 yoshli Chupo-Moting "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida, ammo Premer-liganing top-klubi uchun ustuvor variant emas.

Yozda esa futbolchining Saudiya Arabistoni yoki Qatarga ko'chib o'tish ehtimoli katta.

Transfermarkt portali Chupo-Motingni 3 million evroga baholamoqda.