Chiqish eshiklari ochiq. "PSJ"ning xafsalasi pir bo'ldi

Frantsiyalik futbolchi Kilian Mbappe shu yozning o'zidayoq o'z klubini o'zgartirish arafasida turibdi.
"Marca" nashrining ma'lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi Parij klubining so'nggi taklifini rad etdi. U "Real" klubiga o'tishni rejalashtirmoqda.
O'z navbatida "PSJ" ham u uchun eshiklarni ochdi va uning ketishiga qarshilik ko'rsatmaydi.
Eslatib o'tamiz, Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o'z yakuniga etadi.