Chempionship futbolchisining "Barselona"ga o'tishi dargumon

Jeyden Filodjin katta ehtimol bilan "Barselona"ga o'tmaydi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Xall Siti"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Chempionshipdan Kataloniya klubiga o'tishi dargumon, chunki futbolchi Premer-liga klubiga o'tishni afzal ko'radi.
Uchta klub futbolchiga taklif jo'natgan - "Kristal Pelas", "Ipsvich" va "Everton". Tez orada qaror qabul qilinishi kutilmoqda.