«Chelsi» Ziyosh bilan 5 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi

«Chelsi» klubi «Ayaks» yarim himoyachisi Hakim Ziyoshning transferi borasida kelishuvga erishganini ma'lum qildi.
Kelishuvga ko'ra, marokashlik futbolchi 2025 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi va u ushbu mavsum so'ngida londonliklar safiga qo'shiladi.
Avvalroq, "Chelsi" Ziyosh uchun amsterdamliklarga 40 million evro to'lashi haqida xabar tarqatilgan edi. Futbolchining ishtirokiga qarab ushbu summa yana 4 million evroga oshishi mumkin.