Frantsiyaning "Strasburg" klubi Emanuel Emegxi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Insayder Fabritsio Romanoning fikricha, transfer jamoaga 13 million evroga tushgan. Futbolchi 5 yillik shartnoma imzoladi.

Bu jamoaning bir hafta ichida ikkinchi yirik transferi - avvalroq "Bryugge"dan Abakar Silla "Strasburg"ga yangi kelgan edi. Ushbu transfer uchun Liga 1 klubi 20 million evro to'lagan.

Eslatib o'tamiz, iyun oyi oxirida "Strasburg" 2022 yilning may oyida BlueCo konsortsiumi tomonidan sotib olingandi. Ushbu konsortsium Londonning "Chelsi" klubiga ham xo'jayinlik qiladi.