"Chelsi" "Vulverxemton" vingerini nishonga oldi

"Chelsi" ushbu yozda "Vulverxemton" yarim himoyachisi Adama Traoreni sotib olishga harakat qiladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Sira xabar beradi. Londonliklar "Inter" yarim himoyachisi Ashraf Hakimiga alternativ izlamoqda.
Transfermarkt Traoreni 30 million evroga baholamoqda. O'tgan mavsumda futbolchi 41 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Eslatib o'tamiz, Traorega ilgari "Barselona" ham qiziqish bildirgan edi.