"Chelsi"ning uchta futbolchisi ham jamoadan ketadi. Xabarlarga ko'ra, londonliklar safidan yana uchta yulduz Saudiya Arabistoniga yo'l oladigan bo'lgan. Hujumchilar Per-Emerik Obameyang va Xakim Ziesh allaqachon yangi jamoalari bilan kelishuvga erishgan.

Shuningdek, "Chelsi" tarbiyalanuvchisi Kallum Xadson-Odoi ham O'rta Sharqqa yo'l olishi kutilmoqda. Keyingi hafta Pochettino yangi jamoasi bilan AQShga yo'l oladi. O'sha vaqtga qadar "Chelsi"ning 13 ta tarkib futbolchisi jamoadan ketgani tasdiqlanadi.

Manba: newsnow.co.uk