"Chelsi" tajribali futbolchisi bilan og'zaki kelishuvga erishdi

"Chelsi" klubi o'z himoyachisi Tiagu Silva bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, tomonlar og'zaki kelishuvga erishishga yaqin va bu kelishuv mavsum yakunida amalga oshishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik himoyachi APLning 36 o'yinida maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.