"Chelsi" o'z futbolchisini sotishdan bosh tortdi, biroq...

"Chelsi" hujumchisi Armando Broya "Vest Xem"ga o'tishi mumkin, deya xabar beradi Mail.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" 20 yoshli albaniyalik futbolchini sotishdan bosh tortgan, biroq futbolchini ijaraga berishga tayyor. Xabar qilinishicha, "bolg'achilar" zudlik bilan 25 million evro to'lashga tayyor.
Broya o'tgan mavsumda "Sautgempton"da ijara asosida o'ynadi va APLning 32 o'yinida 6 gol urdi.