"Chelsi" o'z futbolchisini ijaraga bermoqchi. Xabarlarga ko'ra, London klubi o'zi yozda sotib olgan darvozaboni Geybriel Slonina uchun ijara variantlarini qidirmoqda.

18 yoshli futbolchi yozda 12 millionga olib kelingan edi. U MLSning "Chikago Fayr" jamoasidan sotib olingan. Slonina bu mavsumda hali maydonga tushmagan.

Manba: bbc.com