"Chelsi"ning yangi futbolchisi shartnoma imzolash uchun dushanba kuni Londonga etib keladi

"Chelsi" "Boka Xuniors" markaziy himoyachisini sotib oladi.
Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, londonliklar 19 yoshli futbolchi uchun 20 million dollardan (15,5 million funt) ko'proq to'laydi.
Anselmino dushanba kuni Buyuk Britaniyaga etib keladi.
Himoyachi "Boka Xuniors"da kamida yanvargacha ijara asosida qolishi kutilmoqda.