"Chelsi" joriy transfer oynasida "Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romeroni sotib olishi mumkin, deb yozadi The Athletic.

Romero - Manchester klubidagi David De Xeaning dublyori. U bu istiqboldan qoniqmaydi, futbolchi "MYu"dagi kam o'yin amaliyotidan norozi.

"Chelsi" o'z navbatida darvozabon Kepa Arrisabalaga o'yinidan juda mamnun emas, shuning uchun "aristokratlar" Romeroga e'tibor qaratishgan.