"Chelsi" "Manchester Yunayted"dan oldin uni ilib ketishi mumkin

"Chelsi" "MYu" nishonini tortib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yongga "Chelsi" ham da'vogarga aylangan.
Agarda "MYu" bu ishni bitira olmasa, u holda "Chelsi" ishga kirishadi. Chunki London jamoasi yarim himoya chizig'iga yaxshi nomzod qidirmoqda.
Tomas Tuxel "Manchester Siti"dan Raxim Sterling hamda Natan Akelarni ham xarid qilishni o'ylamoqda.
Manba: caughtoffside.com