"Chelsi" Lempardga transfer uchun qancha pul beradi?

"Chelsi" yozda transfer uchun qancha pul ajratishi ma'lum bo'ldi.
Xabarlarga ko'ra, London klubi Lempardga 150 mln funt ajratadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Frenk qishda futbolchi xarid qilinmaganidan norozi. U Temmi Abraxamga raqobatchi sifatida xujumchi sotib olinishini istamoqda. U "Lion" forvardi Mussa Dembele bo'lishi mumkin.