"Chelsi" Jahon chempionini o'z safida ko'rishni istaydi

"Chelsi" yangi mavsumga yana bir hujumchi sotib olmoqchi. Xabarlarga ko'ra, "Roma" vakili Paulo Dibala londonliklar radariga tushgan. Bu mavsumda Argentina terma jamoasi a'zosi 11 ta gol va 7 ta assistga mualliflik qilgan.
29 yoshli hujumkor futbolchi "Chelsi" muammolariga yakun yasashi mumkin. Dibala Rimda bor-yo'g'i 12 million evrolik tovon puliga ega.
Manba: caughtoffside.com